Netanyaxuning korteji Quddusda avariyaga uchradi

Olam

image

Bugun, 29 aprel kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning korteji Quddusda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.  

Qayd etilishicha, hodisa Isroilning yirik shaharlaridan biri Quddusda sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisa oqibatida Bosh vazir Netanyaxu jabrlanmagan.

Voqeadan so‘ng mashinalar piyodalar o‘tish joyida to‘xtab qolgan. Hodisa joyiga politsiya xodimlari ham yetib kelgan. Hozircha yo‘l-transport hodisasining sababi noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keniyada 79 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi Edgar Charlz Frederikni Prezident korteji mashinalaridan biri urib yuborgandi. Oqibatda Charlz Frederik vafot etgan. Hukumat mashinasi haydovchisi hibsga olingan, biroq keyinchalik garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing