Prezident korteji chet ellik fuqaroni urib yubordi
Olam
−
15 mart
13102Keniyada 79 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi Edgar Charlz Frederikni Prezident korteji mashinaliridan biri urib yubordi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Edgar Charlz Frederik 13 mart kuni vafot etgan. Uni mamlakat poytaxti Nayrobidagi ommaviy tadbirga ketayotgan Prezident Uilyam Rutoning korteji urib yuborgan. Hukumat mashinasi haydovchisi hibsga olingan, biroq keyinchalik garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan.
Avariya ijtimoiy tarmoqlarda norozilik uyg‘otgan, chunki keniyaliklar Prezident korteji haydovchilari nima uchun gavjum asosiy yo‘lda yuqori tezlikda harakatlanayotganiga hayron bo‘lgan.
Mashina urib yuborgandan keyin ijtimoiy tarmoqlarda holat videolari e’lon qilingan. Ushbu videolarda jabrlanuvchining asfalt ustida ko‘p qon yo‘qotganini ko‘rish mumkin. Uni urib yuborgan avtomobil halokatdan keyin to‘xtamagan.
Ma’lum qilinishicha. marhum Frederik Keniya fuqarosi bo‘lgan singlisi va jiyanini ko‘rish uchun mamlakatga tashrif buyurgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

