Netanyaxuning qarorgohi oldida yana miting bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 19 yanvar kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Kesariya qarorgohi oldida namoyishga to‘plangan olomon HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun hukumatdan zudlik bilan chora ko‘rishni talab qildi. Bu haqda Isroilning “The Times of Israel” gazetasi xabar berdi.

Aksiyada 300 dan ortiq kishi, jumladan HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarning o‘nlab oila a’zolari ishtirok etgan. Namoyishchilar Netanyaxu va uning hukumatini o‘z yaqinlarini ozod qilish uchun yetarli chora ko‘rmaganlikda aybladi. 

“Biz sizdan 105 kun yolvordik, endi esa garovga olinganlarni o‘ldirishni to‘xtatishingizni talab qilamiz”, deyiladi garovga olingan oilalar forumining Bosh vazir nomiga yo‘llagan bayonotida.

Isroil rasmiylarining fikricha, HAMAS 132 kishini garovda ushlab turibdi. Shu bilan birga, Isroil mudofaa kuchlari G‘azoda faoliyat yuritayotgan bo‘linmalari olgan yangi razvedka ma’lumotlariga tayanib, ulardan 27 nafari halok bo‘lgan, deb hisoblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Isroil Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing