Netanyaxu va Putin qariyb bir soat telefonda nimani gaplashdi?

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Isroilning "Kan" davlat radiosi xabar berdi.

Radiostansiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning suhbati 50 daqiqa davom etgan.

“Netanyaxu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan 50 daqiqa gaplashish uchun Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishini tark etdi”, deyiladi xabarda.

Aytilishcha, asosiy e’tibor Falastindagi keskin vaziyat, xususan, G‘azo sektoridagi halokatli gumanitar inqirozga qaratilgan.

Vladimir Putin terrorizmning barcha ko‘rinishlarini qabul qilmaslik va qoralash haqidagi prinsipial pozitsiyasini bildirgan va bunday tahdidlarga qarshi kurashish jarayonida tinch aholining jabr chekmasligi nihoyatda muhim ekanini ta’kidlagan.

Suhbat davomida Rossiya tomoni tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirish va mojaroning keskinligini yumshatish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor ekanini qayd etgan.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Rossiya va Eron o‘rtasidagi xavfli hamkorlikni keskin tanqid qilgan.

Bundan tashqari, ikki yetakchi Rossiya fuqarolari va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qilish, shuningdek, G‘azoda saqlanayotgan isroilliklarni ozod qilish masalalari bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin G‘arb Rossiyani hech qachon tor-mor etolmasligi haqida aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Isroil Ben'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing