Netanyaxu Trampning huzurida. U G‘azo bo‘yicha Amerika rejasiga rozi bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 29 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Oq uyda qabul qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Amerikalik yetakchi Isroil hukumat rahbarini kutib olar ekan G‘azo sektorida yaqin fursatda tinchlikka erishish imkoniyati borligiga “juda ishonishini” aytdi. Trampning bu gaplari Bosh vazir bilan uchrashuvda yanada ochiqlanib bordi. 

Ikki mamlakat yetakchisi uchrashuv davomida shak-shubhasiz G‘azodagi masalalarni muhokama qilgan. 

Oq uyning xabar berishicha, Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda AQSH Prezidenti tinchlik rejasini yakunlashni rejalashtirgan.

AQSH rejasi 21 banddan iborat bo‘lib, uchta asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: barcha garovdagilarni qaytarish, HAMASning Isroilga tahdidini tugatish va G‘azo uchun gumanitar yordamni ko‘paytirish. 

Netanyaxu bu borada Trampning taklifini qabul qilgan.

Uchrashuvlar yakunga yetgandan so‘ng, jurnalistlar Amerika rahbariga G‘azo sektorida yaqin orada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishi haqida savol bergan.

“Bu haqiqat. Men bunga juda ishonaman”, deya qisqa javob bergan Oq uy rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo bo‘yicha 21 banddan iborat tinchlik rejasini e’lon qilgandi. Unda HAMAS qo‘lida bo‘lgan barcha garovdagilar kelishuv imzolanganidan 48 soat o‘tmasdan ozod etilishi va urush tugagach, G‘azo uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil G'azo Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing