Netanyaxu Trampga bombalar uchun minnatdorlik bildirdi
Olam
−
27 yanvar
3911Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Trampga Isroilga “kerakli” bo‘lgan bombalarni yetkazib berish haqidagi va’dasini bajargani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u kecha, 26 yanvar kuni X ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan videoda so‘z ochdi.
Videoda Netanyaxu Isroil o‘zini himoya qilish va AQSH bilan umumiy dushmanlarga qarshi kurashish uchun bombalardan foydalanishini aytdi.
Shuningdek, u Isroil “tinchlik va farovonlik kelajagini” qurayotganini ta’kidlab, “Trampga bergan va’dasini bajargani uchun” minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq AQSH og‘irligi 1 tonna bo‘lgan 1800 dona MK-84 bombasini yetkazib berishi xabar qilingandi. Oq uy Pentagonga Isroilga prezident Jo Bayden davrida kiritilgan 1 tonnalik bomba yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Aytilishicha, yaqin kunlarda AQSHdan kemalardan birida 1800 dona MK-84 bombasi yetkaziladi.
Ma’lumot uchun, G‘azoga shafqatsiz hujumlar uyushtirgan va aholi zich joylashgan Rafah shahriga hujum qilish bilan tahdid qilgan Netanyaxu hukumatini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilingan Bayden ma’muriyati 1 tonna 227 kilogrammlik bombalarni yetkazib berishni to‘xtatgandi.