Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Netanyaxu Oq uydaligida namoyishchilar uni hibsga olishni talab qildi (video)

Olam

image

Kecha, 4 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashar ekan, Falastin tarafdorlari Oq uy oldida to‘planib, Netanyaxuning Vashingtonga tashrifiga norozilik bildirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Namoyish Tramp va Netanyaxuning Oval kabinetdagi uchrashuvi chog‘ida bo‘lib o‘tdi. Namoyishda turli fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan yuzlab odamlar ishtirok etdi.

Namoyishchilar Falastin bayroqlarini ushlab, quyidagi shiorlarni aytishdi:

  • “Falastinga ozodlik!”
  • “Genotsid Bosh vazir!”
  • “Urush jinoyatchisini qabul qilishni bas qiling!”

Bundan tashqari, namoyishchilar “Netanyaxu urush jinoyatchisi!” va “Isroil o‘ldirmoqda!” degan yozuvlarni ko‘tarib turishgan. 

Namoyishchilar, shuningdek, Netanyaxuni G‘azo sektorida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan chiqarilgan hibsga olish orderi ostida hibsga olishni talab qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 4 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini nazorat ostiga olishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Isroil Oq uy Vashington Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing