Netanyaxu Kongressdagi nutqidan keyin Mask bilan uchrashdi
Olam
−
26 iyul
4434Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Kecha Kongressdagi nutqimdan keyin Vashingtonda Ilon Mask bilan uchrashdim. Biz sun’iy intellektning imkoniyatlari va muammolari, uning iqtisodiyot va jamiyatga ta’sirini muhokama qildik, Isroil bilan texnologik hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqdik”, deydi Netanyaxu.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qilgandi.
Azizbek Eshmamatov