Netanyaxu Isroil elchixonasi xodimlarining o‘ldirilishini qoraladi
Olam
−
22 may
5314Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashingtondagi Isroil elchixonasi xodimlarining o‘ldirilishini keskin qoraladi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.
Netanyaxu Vashingtondagi Isroil elchixonasi xodimlari – Yaron Lischinskiy va Sara Milgrimning o‘ldirilishini “dahshatli, antisemitik otishma” deb atagan. U, shuningdek, Isroil elchixonalarining xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishni buyurgan.
“Biz antisemitizm va Isroilga qarshi vahshiyona gijgijlashning dahshatli oqibatlariga guvoh bo‘lmoqdamiz. Isroilga qarshi qonli tuhmatlar inson hayoti evaziga tushmoqda va bunga barham berilishi kerak”, degan vazir.
Isroil elchixonasi xodimlariga hujum
Kecha, 21 may kuni kechqurun Vashingtondagi yahudiy muzeyi oldida Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirilgandi. Politsiya gumondorning qo‘lga olinganini aytdi. Bu Chikagolik 30 yoshli Elias Rodriges bo‘lib chiqqan. U muzey oldida qadam tashlab, keyin ichkariga kirib, to‘rt kishidan iborat guruhga yaqinlashgan va ulardan ikkitasini otib tashlagan. Otishma sodir etgan shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U hibsga olinganida: “Falastinga ozodlik!” deb hayqirgan.
LiveBarchasi