Netanyaxu G‘azoga bordi

Olam

image

Kecha, 26 noyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga bordi. Bu haqda Bosh vazir idorasi xabar berdi.

U G‘azoda isroillik harbiylar bilan uchrashib, ularga HAMASga qarshi urush davom etishini aytgan.

"Biz oxirigacha – g‘alabaga qadar davom etamiz. Bizni hech narsa to‘xtata olmaydi”, degan Netanyaxu.

Bosh vazirga Isroil harbiy shtab-kvartirasi rahbariyati hamrohlik qilgan. Netanyaxu G‘azoda armiya qo‘mondonlari va askarlar bilan suhbatlashgan. Uning idorasiga ko‘ra, Bosh vazir G‘azoda aniqlangan HAMASning yerosti tunnellaridan biriga ham tashrif buyurgan.

“Bizning bu urushda uchta maqsadimiz bor: HAMASni yo‘q qilish, barcha o‘g‘irlab ketilganlarimizni qaytarish va G‘azo endi Isroil davlati uchun hech qachon tahdid bo‘lmasligini ta’minlash”, degan Netanyaxu.

Ma’lumot uchun, 7 oktyabrdan beri davom etayotgan urush oqibatida shu paytgacha G‘azo sektorida 15 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan. BMT hisobotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi (74%) ayollar va bolalardir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Binyamin Netanyaxu vaqtinchalik sulhga erishilgan bo‘lsa-da, HAMASga qarshi urushni davom ettirishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing