Netanyaxu fuqarosini qaytarishga yordam bergani uchun Putinga minnatdorlik bildirdi 

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya rahbari Vladimir Putinga isroillik ayolning Suriyadan qaytishiga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, yosh ayol bir necha kun oldin Suriya chegarasini kesib o‘tgan. 

Shundan so‘ng, Netanyaxu Rossiya Prezidenti bilan bog‘langan. 

"Men undan ayolni qaytarib olishga yordam berishini so‘radim va u harakat qildi. Fuqarolarimizni Isroilga qaytarishda bizni yana qo‘llab-quvvatlaganligi uchun unga minnatdorchilik bildirmoqchiman", degan Bosh vazir. 

Shuningdek, Netanyaxu operatsiyada qatnashgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirgan va Isroil har doim o‘z fuqarolarini qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Netan'yaxu

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing