Netanyaxu AQSH unga nega bosim qilayotganini aytdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Knesset (parlament) Tashqi ishlar va xavfsizlik qo‘mitasidagi yopiq muhokamada o‘zi va AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi taranglikni izohlab, bunga o‘zining Falastin davlatini tan olishni istamasligi sabab bo‘layotganini aytdi. Bu haqda “Kan” radiostansiyasi xabar berdi.

"Amerika hujumlari menga qaratilgan, chunki men Falastin davlatini yaratishga to‘sqinlik qilyapman. Isroilda amerikaliklarga yo‘q deya olmagan odam Bosh vazir bo‘la olmaydi. Ba’zilar muammoli talablariga "ha" deb aytish orqali ular bilan munosabatlarni yaxshilash mumkin, deb o‘ylaydi. Men ularga boshqa Isroil Bosh vazirlariga qaraganda tez-tez “yo‘q” deb javob beraman va bu oson emas”, deya ta’kidlagan Netanyaxu parlament a’zolariga.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Isroil G‘azo sektorida gumanitar yordamni tashqi tashkilotlar orqali qanday tarqatishni o‘rganmoqda. U bunga sabab sifatida HAMAS mahalliy tashkilotlar orqali yordam tarqatishga urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini keltirgan. Uning ta’kidlashicha, ushbu maqsadga mos xususiy kompaniyalar ham o‘rganilmoqda. 

“Isroil tarafdan G‘azo sektori aholisining anklavni tark etishi uchun hech qanday to‘siq yo‘q, lekin dunyoda ularni qabul qilishga tayyor davlatlar yo‘q", degan Netanyaxu.

Qayd etish joizki, 2023 yilda G‘azo sektorida urush boshlangan davrda ham Isroil anklav aholisini boshqa davlatlarga, xususan, Misrga ko‘chirishga uringandi. Lekin Misr bunga qarshilik qildi. Bunga sabab sifatida Isroil aslida G‘azoni bosib olishni va u yerda yahudiy manzilgohlarini qurishni maqsad qilgani, uyini tark etgan g‘azoliklarni esa ortga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslikni reja qilgani ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplashib, Rafahdagi vaziyat va G‘azoga yordamni oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil Jo Bayden G'azo HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing