Netanyaxu HAMAS bilan sulhni uzaytirish shartini aytdi

Olam

image

Isroil garovga olinganlarni ozod qilishni davom ettirish uchun HAMAS bilan urushda amaldagi sulhni uzaytirishga tayyor. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda so‘z ochdi

"Biz uyga yana bir guruh garovga olinganlar, bolalar va ayollarni olib keldik. Oilalar birlashganini ko‘rish butun xalq kabi mening qalbimga ham ta’sir qildi”, degan Netanyaxu. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar HAMAS kelishuvning har bir kuni uchun 10 nafar garovga olinganlarni qaytarsa, sulh uzaytirilishi mumkin.

Shu bilan birga, Isroil Bosh vaziri o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bekor qilinganidan so‘ng mamlakat armiyasi o‘z maqsadlariga – HAMASni yo‘q qilishga qaytishini ta’kidlagan.

OAV xabarlariga ko‘ra, HAMAS ham kelishuvni uzaytirishga rozi.

Oq uy matbuot xizmati esa Bayden HAMAS tomonidan garovga olinganlarning ozod qilinishini olqishlaganini bildirgan. Bayden va Netanyaxu asirga olinganlarni qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, HAMAS va Isroil orasidagi kelishuvga ko‘ra, 50 nafar isroillik garovga olinganlar evaziga 150 nafar falastinlik mahbus ozod qilinishi kerak. Tomonlar o‘rtasida to‘rt kunlik sulh 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 7:00 da boshlandi. Isroillik garovga olinganlarning birinchi guruhi o‘sha kuni kechqurun ozod qilindi – 13 kishi, jumladan to‘rt bola va to‘qqiz ayol. Bundan tashqari, kelishuvdan tashqari, o‘n nafar tailandlik va bir filippinlik ham qo‘yib yuborildi. Isroil tomoni esa 39 nafar falastinlik ayol va bolani qamoqdan chiqardi.

Ikkinchi kuni yana 13 nafar isroillik va to‘rt nafar Tailand fuqarosi ozod etildi. Bu darhol sodir bo‘lmadi; HAMAS avvaliga Isroilni kelishuvlarni buzganlikda ayblab, ularni ekstraditsiya qilishni kechiktirdi. Vaziyatga vositachi Qatar aralashdi va muammolar hal qilindi. Isroil o‘z navbatida 39 nafar falastinlikka erkinlik berdi.

Kecha, 26 noyabr kuni HAMAS garovga olingan 14 nafar isroillik va uch nafar xorijlikni (millati ko‘rsatilmagan) ozod qildi. Bundan tashqari, rossiyalik Ron Krivoy ayirboshlash shartnomasidan tashqari ozod qilindi. Isroil yana 39 nafar falastinlikni hibsdan bo‘shatdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 noyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga borib, u yerdagi isroillik harbiylar bilan uchrashgan va ularga HAMASga qarshi urush davom etishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Jo Bayden HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made