Nesterov 8 oyga futboldan chetlatildi
Sport
−
11 may 2019
4414OFK tartib-intizom qo‘mitasi Ignatiy Nesterov borasida qaror qabul qildi.
“O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni 8 oyga futboldan chetlatildi. Diskvalifikatsiya muddati 13 fevraldan boshlanadi. Ya’ni Nesterov 13 oktyabr kuni maydonga tusha oladi. 13 avgust kuni Nesterov mashg‘ulotlarni boshlashi va shartnoma tuzishi mumkin.
Doping bilan kurash kundan-kunga avj olayotgan paytda 8 oy juda ham yengil jazo. Ayniqsa ayblovchi tomon 16 oylik diskvalifikatsiya talab qilganini hisobga olsak.
Nesterov ishi bu yaqinda tuzilgan O‘zbekiston futbolchilar kasaba uyushmasining dastlabki aksiyasi hisoblanadi. Ushbu tashkilot O‘zbekiston terma jamoasi posbonini himoya qilish uchun mashhur Rossiya yuridik kompaniyasini jalb qilgan edi”, deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.
LiveBarchasi