Nepallik erkak Everestda 6 kun ovqatsiz va kislorodsiz tirik qoldi (video)

Olam

image

Nepallik sherpa (tog‘ yo‘lboshlovchisi) Everestda ovqatsiz va qo‘shimcha kislorodsiz olti kun qolib ketib tirik qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 may kuni 52 yoshli yo‘lboshlovchi dunyoning eng baland cho‘qqisidan tushayotgan vaqtda g‘oyib bo‘lgan. Uni oxirgi marta uchinchi va to‘rtinchi lagerlar oralig‘ida – 8000 metrdan balandda joylashgan, kislorod darajasi kritik darajada pastligi sababli inson organizmi tez fursatda holdan toya boshlaydigan “o‘lim hududi” deb ataluvchi joyda ko‘rishgan.

Qarindoshlari uning qutqarilishidan umidini uzgan. Biroq oradan deyarli bir hafta o‘tib, erkak tirik holda topilgan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, u bazaviy lager tomon mustaqil ravishda pastga qarab emaklab tushayotgan bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sherpa shuncha vaqt davomida kichkina paketdagi pechene va eritilgan muz evaziga tirik qolgan. U topilganidan so‘ng, vertolyotda Katmandudagi shifoxonaga evakuatsiya qilingan. Shifokorlarning xabar berishicha, erkakning hushi o‘zida va u sovuq urishi, suvsizlanish hamda balandlikda haddan tashqari uzoq qolishning boshqa oqibatlari bo‘yicha davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nepal hududi orqali bir kunning o‘zida rekord darajadagi 274 nafar alpinist Everest cho‘qqisini zabt etib, rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Everest Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing