Nepaldagi suv toshqini qurbonlari soni 170 taga yetdi

Olam

image

Nepaldagi suv toshqinlari oqibatida 170 kishi halok bo‘ldi, yana 42 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “India Today” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘limlarning aksariyati mamlakat poytaxti Katmanduda sodir bo‘lgan. Poytaxtdan oqib o‘tadigan daryolar cho‘kindi bilan to‘lgan. 

Joriy yilning 27 sentyabridan beri davom etayotgan suv toshqinlari Nepalda 2002 yildan beri rekord darajaga – 240 millimetrga yetgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Rishi Ram Tivarining aytishicha, Katmanduning bir qancha mahallalari suv ostida qolgan. Favqulodda xizmatlar hozirda buldozerlardan magistral yo‘llarni vayronalardan tozalash ishlarini olib bormoqda. Ayni damda shahar Nepalning qolgan qismidan butunlay uzilib qolgan.

Katmandu janubidagi avtomagistralda sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlarning kamida 35 nafari avtomobillarda bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, mahalliy hokimiyat 3 mingga yaqin odamni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Qutqaruv ishlarida mamlakat xavfsizlik xizmatining 3 mingdan ortiq xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshqinlar va ko‘chkilar sabab mamlakat asosiy yo‘llarni yopib qo‘ygani va ichki havo qatnovini to‘xtatishi ortidan 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

toshqin qurbon Nepal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing