Nepalda vayronalar ostidan yana 2 kishi tirik holda topildi
Olam
−
15:47 589 2 daqiqa
Nepalda joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan vayronkor toshqinlardan 10 kun o‘tib, qutqaruvchilar 2 kishini tirik holda topdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ulardan biri gidroelektr stansiyasi tunnelidan, ikkinchisi esa vayron bo‘lgan uydan olib chiqilgan.
Nashrga ko‘ra, qutqarilgan xitoylik erkak Trishuli gidroelektr loyihasidagi 225 metr uzunlikdagi tunneldan olib chiqilgan. Nepal harbiylari va Janubiy koreyalik tabiiy ofatlar bo‘yicha mutaxassislardan iborat guruh uni tunnel ichidan topib, vertolyotda evakuatsiya qilgan. Shu bilan Trishuli loyihasidan tirik qutqarilgan ishchilar soni uchtaga yetgan.
Yana bir ayol toshqindan zarar ko‘rgan Nuakot shahridagi vayron bo‘lgan uy ichidan tirik holda topilgan. Qutqaruvchilar uni loy bilan qoplangan holatda aniqlagan va xavfsiz joyga olib chiqqan. Ayol davolanish uchun Katmanduga yetkazilgan.
Ayni paytda qutqaruv ishlari Nepal bo‘ylab joylashgan 12 ta gidroelektr loyihasida davom etmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, ushbu ob’ektlarda qariyb 900 nafar ishchi bedarak yo‘qolgan, 500 ga yaqin kishi esa turli tunnellarda qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va AQSHdan kelgan maxsus guruhlar vayronalar va tunnellardan omon qolganlarni izlamoqda.
Nepal tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 26 avgustdagi toshqinlarda kamida 1 300 kishi halok bo‘lgan, 5 mingdan ortiq odam esa bedarak yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nepalda gidroelektr stansiyasi tunnelida qolib ketgan ikki ishchi to‘qqiz kundan so‘ng tirik holda qutqarilgan edi.
Live
Barchasi