Nepalda namoyishchilar Bosh vazir qarorgohiga o‘t qo‘ydi. Sharma Oli iste’foga chiqdi
Olam
−
09 Sentabr 2025 3092 1 daqiqa
Nepalda namoyishchilar Bosh vazir Sharma Olining qarorgohiga o‘t qo‘ydi, shundan so‘ng u iste’foga chiqdi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.
“Himalayan Times”ning yozishicha, namoyishchilar bugun, 9 sentyabr kuni Bosh vazir Sharma Olining Balkotdagi shaxsiy qarorgohi oldiga yig‘ilib, kecha, 8 sentyabrdagi o‘limlar uchun javobgarlikka tortishga chaqirgan. Miting paytida namoyishchilar uning qarorgohiga o‘t qo‘ygan.
Politsiya olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, otishma ovozlari eshitilgan. Hukumat a’zolari harbiy vertolyotlarda evakuatsiya qilingan, ularning uylari ham yoqib yuborilgan.

Katmandu xalqaro aeroporti yopilgan, barcha reyslar bekor qilingan.
Namoyishlar o‘tgan haftada mamlakatdagi yirik ijtimoiy tarmoq platformalari (Facebook, Instagram, WhatsApp, YouTube va boshqalar) taqiqlangani sababli avj oldi, shundan so‘ng taqiq bekor qilindi. Namoyishlar chog‘ida 19 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Nepal Bosh vaziri Kxadga Prasad Sharma Oli sentyabr oyi boshida rafiqasi Radhika Shakya bilan birga Xitoyga borgan va SHHT sammiti va harbiy paradda qatnashgan edi.
Live
Barchasi