Nemis olimlari koronavirusning ikkinchi va uchinchi to‘lqinidan ogohlantirdi
Olam
−
05 may 2020
10046Nemis mutaxassislari yangi turdagi koronavirus tarqalishining ikkinchi va hatto uchinchi to‘lqinlari ro‘y berishidan ogohlantirishdi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Robert Kox nomidagi Berlin virusologiya instituti rahbari Lotar Viler ma’lum qildi.
“Biz deyarli ikkinchi to‘lqin bo‘lishini bilamiz. Mutaxassislar infeksiyaning ikkinchi va uchinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi”, dedi u bugun o‘tgan matbuot anjumanida.
Institut rahbari Germaniya sog‘liqni saqlash tizimi yangi kasalliklarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ta’kidladi. “Biz bu uchun juda ko‘p ish qildik. Endi shifokorlar bemorlarga qanday yordam ko‘rsatish kerakligini bilishadi. Bizda eng yaxshi terapevtik vositalar bo‘ladi”, dedi u.
Viler koronavirus uchun o‘tkazilayotgan testlar sonini ko‘paytirish niyatini bildirdi. Umuman olganda, Germaniyada bugungi kunda 2,4 millionga yaqin laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi 132 laboratoriyada kuniga 142 000 ta test o‘tkazish mumkin”, dedi u.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 166 199 kishi koronavirus bilan zararlangan. Bemorlarning 6993 nafari hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 135 100 nafari shifo topishga muvaffaq bo‘ldi.
LiveBarchasi