Germaniyada karantinga qarshi yirik namoyish bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)
Olam
−
03 avgust 2020
9987Joriy yilning 1 avgust kuni Germaniya poytaxti Berlinda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralarini kuchaytirishga qarshi yirik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha ming kishi qatnashdi. Namoyishchilarning deyarli barchasi niqobsiz bo‘lgan va ijtimoiy masofa qoidasiga bo‘ysunmagan.
Namoyishchilar harakatni Unter-den-Linden bulvaridan boshlab, markaziy ko‘chalar tomon yurgan. Bir necha soatdan keyin aksiya ishtirokchilari soni 15 mingga yaqinlashgan.
Politsiyaning namoyish joyidan olingan suratlarga ko‘ra bergan ma’lumotida deyarli hech kim niqob taqmagani aytilgan. Ba’zi namoyishchilar turli federal hudud va o‘lkalarning bayrog‘ini ko‘tarib olgan.
Namoyish “Ozodlik kuni – pandemiya intixosi” shiori bilan o‘tgan. Ishtirokchilar “17 iyun” ko‘chasigacha borishgan. Politsiya namoyishni vertolyotda kuzatib borgan.
Kechasi namoyish ishtirokchilari soni 20 mingga yaqinlashgan. Huquq-tartibot organi xodimlari ishtirokchilar sanitariya qoidalariga rioya qilmagani sababli aksiyani tugatishga qaror qilgan. Ikki o‘rtada yuz bergan to‘qnashuvlarda 18 nafar politsiya xodimi jarohatlangan. 3 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Germaniyada iyul oxiridan beri COVID-19 bilan kasallanish ko‘payib boryapti. Mamlakatda pandemiya boshidan beri 211 477 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 9 153 nafari vafot etgan va 193 091 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi