Kasallanish holati ko‘paygani sababli Germaniya karantin choralarini kuchaytirdi
Olam
−
02 noyabr 2020
3813Germaniyada bugun, 2 noyabrdan boshlab SARS-CoV-2 koronavirusiga chalinishning holatlari ko‘payganligi sababli yangi karantin choralari kuchga kirdi. Bu haqda N-TV xabar bermoqda.
Ushbu qaror avvalroq 28 oktyabrda mamlakat hukumati federal shtatlar rahbarlari bilan birgalikda qabul qilingan edi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, mamlakatda bar, restoran va boshqa ovqatlanish korxonalarining faoliyatiga cheklovlar qo‘yilgan. Ammo ular yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanaveradi. Shuningdek, go‘zallik salonlari, fitnes klublari, tatuirovka studiyalari, suzish havzalari, kinoteatrlar, konsert zallari va teatrlarning faoliyatiga taqiq qo‘yildi.
Shu bilan birga, yangi choralar bahorda bo‘lgani kabi bolalar bog‘chalari, maktablar, shuningdek, do‘konlar va sartaroshxonalarning yopilishini anglatmaydi.
Ushbu cheklovlar bir oy davomida amal qilishi kutilmoqda, ammo hukumat ularni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni 544 346 nafarga yetgan. Bemorlarning 356 532 nafari shifo topgan bo‘lsa, 10 513 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi