Nemis moliya vaziri o‘z joniga qasd qildi
Olam
−
29 mart 2020
19911Nemis siyosatchisi, Gessen federal yerining moliya vaziri Tomas Sheferning jasadi kecha, 28 mart kuni Xoxxaym-am-Mayn shahridagi temir yo‘l izida topilgan. Bu haqda “Die Welt” gazetasi yozmoqda.
Tergov izlari erkak o‘z joniga qasd qilganini ko‘rsatmoqda. Shefer Gassen yeri Bosh vaziri Folker Bufening o‘rniga keladigan amaldor sifatida ko‘rilayotgan edi.
U 2010 yilning avgust oyidan beri hudud moliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Marhumning yoshi 54 da bo‘lgan.
"Barchamiz shok holatidamiz hamda Tomas Tomas Shefer to‘satdan va kutilmaganda vafot etganiga ishonmaymiz. Birinchi navbatda, qarindoshlari va do‘stlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va ushbu og‘ir paytda ularga kuch va quvvat tilaymiz", dedi Bosh vazir Folker Bufe.
LiveBarchasi