Nemis askarlarining fransuzlar tomonidan ommaviy qatl etilganiga oid dalillar topildi
Olam
−
28 avgust 2023
9545Arxeologlar Ikkinchi jahon urushi paytida fransuzlar tomonidan nemis harbiylarining ommaviy qatl etilganiga oid dalillarni topdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, 98 yoshli urush faxriysi Edmon Revey birinchi marta voqealardan 80 yil o‘tib bu haqda gapirgan. Uning bayonotlaridan keyin fransuz va nemis arxeologlari dalillarni izlay boshlagan.
Jumladan, Fransiyaning markaziy qismidagi Memak kommunasida qazish ishlari olib borilgan. Reveyning so‘zlariga ko‘ra, nemis harbiylarining ommaviy qatl qilinishi shu yerda amalga oshirilgan.
Qazish maydonida Germaniya, AQSH va Shveysariyada ishlab chiqarilgan qurollarning snaryadlari topilgan, ular Ikkinchi Jahon urushi paytida fransuzlar tomonidan ishlatilgan. 8 kun davomida olib borilgan qazishmalar davomida arxeologlar Revey ko‘rsatgan hududda qatlning faqat bilvosita dalillarini topgan, ammo qatl etilganlarning jasadlarini aniqlay olmagan.
Revey nashrga bergan intervyusida Normandiyaga kelganidan bir necha kun o‘tib (1944 yil 6 iyun) fransuz isyonchilari nemis harbiylarini qo‘lga olib, ularni o‘z qabrlarini qazishga majburlagani, keyin esa ommaviy qatl etilgani va ko‘milganini aytgan.
“Ular (nemis harbiylari) ularni nima kutayotganini bilishardi. Ularning hujjatlari olib ketildi, oilaviy suratlari ko‘zdan kechirildi. Harbiylarning ko‘kragiga 5-6 metr masofadan o‘q otildi”, deydi Revey.
Gap jinoyatni yashirishda yoki boshqa shaxslarga yordam berishda ayblangan 46 nafar nemis askari va bir fransuz haqida bormoqda.
Bugungi kunda Revey "Erkin otishmalar va partizanlar" guruhi mahalliy bo‘limining so‘nggi tirik a’zosi bo‘lib qolmoqda. U qatl paytida shaxsan ishtirok etgan.
LiveBarchasi