Nega o‘zbekistonlik sayyohlar Meksikaga kiritilmadi?
Olam
−
08 iyul 2019
6901Rossiya pasportiga ega bo‘lgan 14 nafar fuqaro Meksikaning Kankun shahriga kiritilmadi. Bu haqda RIA Novosti nashri Rossiyaning Mexikodagi elchixonasi tarqatgan xabarga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, migrantlar Nordwind kompaniyasi reysida Meksikaga uchib kelgan. Mahalliy migratsiya xizmati ularning tashrifi maqsadi belgilangan safar rejasiga mos kelmaydi deb topgan.
Ayni paytda ikki davlat diplomatlari Rossiya pasportiga ega fuqarolarning kiritilmagani bo‘yicha aniq sabablarni o‘rganishmoqda.
So‘nggi kunlarda bu Meksika hukumati tomonidan Kankun aeroportida shahar hududiga kiritilmagan ikkinchi rossiyalik migrantlar guruhi ekani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq chegarachilar o‘n kishini ushlab qolishgan.
Migratsiya xizmatining bayonotiga ko‘ra, uch nafar rossiyalikning asl maqsadi sayyohlikka mos kelmagan. Elchixonaning bildirishicha, bu holat keluvchilarning mehmonxona bronlanganini tasdiqlay olmagani, ortga qaytish chiptalarini ko‘rsatmagani yoki mamlakatda qolish uchun yetarli pul mablag‘lari mavjudligini isbotlay olmagani tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Uch kishi “qora ro‘yxat”da, ularga mamlakatga kirishga taqiq qo‘yilgan. Yana to‘rt nafar yo‘lovchi Rossiya pasportiga ega, ammo O‘zbekistondan kelgan. Migratsiya xizmati fikricha, ularning pasporti soxta bo‘lib chiqishi ehtimoli bor.
LiveBarchasi