Nega Rossiyada majburiy niqob taqish bekor qilindi, O‘zbekistonda esa yo‘q?

Jamiyat

image

Rossiyaning ko‘plab hududlarida so‘nggi hafta davomida ko‘chalarda majburiy niqob taqish talabi bekor qilindi. Xususan, eng ko‘p kasallik aniqlangan poytaxt Moskvada ham. 

Rossiyada bugungacha 752 797 kishida koronavirs aniqlangan. Ularning 531 692 nafari sog‘aygan va 11 937 nafari vafot etgan. Bugungacha jami 24 053 516 ta koronavirus test o‘tkazilgan.

Nega 750 mingdan ortiq aholisi koronavirusga chalingan Rossiyada niqob taqish talabi bekor qilindiyu, salkam 15 ming odam koronavirusga chalingan O‘zbekistonda esa yo‘q?

Bu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.

“Avvalo ta’kidlash lozimki, Rossiyada niqob taqish butunlay bekor qilingani yo‘q. 

Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa aholi to‘planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan, faqatgina ko‘chada yurganda niqob “taqish shart” degan fikr, “taqish shart emas” degan fikr bilan almashtirildi.

Qolaversa, har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Bizda esa bu talab saqlanib qolgan”, dedi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ko‘chalarda niqob taqib yurmaganlik uchun jarima olinadi. Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari -1150000 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing