Nega O‘zbekiston “Plakvenil”dan voz kechmayapti? Oqilov javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilmagan va salomatlik uchun zarar yetkazishi aytilgan “Plakvenil” dorisi hamon tarqatilyapti.

Bundan hayron bo‘lgan fuqarolar esa Sog‘liqni saqlash vazirligiga nega munozaralarga sabab bo‘layotgan dorilar hali ham aholiga tarqatilayotganini so‘rab, savol yo‘llagan. Savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov brifing vaqtida javob berdi.

“Dori vositasi borki, uning atrofida gap-so‘zlar bo‘laveradi. Lekin O‘zbekistonning o‘zining tajribasi bor. Biz 12 mingga yaqin koronavirusga chalingan bemorlarni ayni shu dori vositasi yordamida tuzatib yubordik.

Biz tizimli ravishda chet ellik hamkasabalarimiz bilan maslahatlashib,tajriba almashinib turibmitz. AQSH, Braziliya, Hindiston davlatlarida davolash protokolllarida “Plakvenil” saqlanib turibdi. O‘tgan hafta bir guruh turkiyalik olimlar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. So‘ralganda, ular ham Turkiyada ambulator sharoitida ham, statsionarda ham “Plakvenil” davolash standartlarida bor ekanini qayd etishdi.

Kuni kecha Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi va Sechenov nomli tibbiyot universiteteti professorlari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada ham muhokama qilingan savollarning bittasi aynan “Plakvenil” qo‘llanishiga bag‘ishlangan edi. Rossiyalik olimlar koronavirus kasalligining dastlab kunlarida qisqa kurs bilan “Plakvenil” berish maqsadga muvofiq deb aytishdi”, dedi Oqilov.

Oqilovning javobidan ko‘rinib turibdiki, bu dori aholiga tarqatilaveradi. Ammo Innovatsion sog‘liqni saqlash palatasi mas’ul xodimi Klara Yodgorova bu dori inson salomatligiga salbiy ta’sir qilishini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing