Nega qurilishga mumkin-u, restoranga yo‘q? Adliya vazirligi javob berdi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
4940O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 apreldagi qarori bilan karantin vaqtidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga ruxsat berildi.
Qarorga aks sado o‘laroq, restoran va kafe biznesi vakillari bizga ham ruxsat beringlar, biz ham ishimizni davom ettirsak bo‘ladimi, deb chiqishdi. Bu savolga bugun, 18 aprel kuni Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva brifing vaqtida javob berdi.
“Bunda ushbu tashkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etishi, shuningdek, ularni ovqatlantirishni mazkur ob’ekt hududida tashkillashtirish uchun shaxsiy javobgarlik tegishli xo‘jalik birlashmasi rahbari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklanadi.
Karantin holatini inobatga olishingizni so‘raymiz. Restoran, kafe va boshqalarni faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilinishiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Shuningdek, ularning faoliyati kasallanish soni ortishiga olib kelishi mumkin”, dedi Sevara O‘rinboyeva.
Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin choralari 10 mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Afni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1469 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 194 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi