Nega bunday bo‘lganini tushunolmayapman – Gvardiola “Arsenal”ga mag‘lubiyat haqida
Sport
−
03 fevral 4945 1 daqiqa
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Arsenal”ga uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda u o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Bunday mag‘lubiyatdan keyin biror so‘z aytish qiyin. G‘ururim yer bilan bitta bo‘ldi. O‘yinni tomosha qilish uchun kelgan barcha muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Oxirgi 30 daqiqada ko‘rsatgan o‘yinimizni hech qanday so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi. Bunday hisobda mag‘lub bo‘lish albatta yoqimsiz holat. Yaxshi o‘ynayotgandik, hisob ham teng edi. Ammo o‘yinning yakuni meni g‘azablantirdi. Nega bunday bo‘lganini hali ham tushunib yeta olmayapman. Futbolchilardagi ishtiyoq so‘nmasligi kerak, buyog‘iga bir jamoa bo‘lib o‘ynashimiz kerak”, deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni APL 24-turi doirasida “Manchester Siti” “Arsenal” mehmoni bo‘ldi va yirik 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bahsni o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov zaxira o‘rindig‘ida kuzatib bordi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr