Neftning “o‘ynashi” Rossiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Olam
−
23 aprel 2020
5201Rossiya iqtisodiyot universiteti (RIU) mutaxassislari neftning o‘rtacha yillik narxini pasaytirish bilan mamlakat byudjetiga yetishi mumkin bo‘lgan zararni hisoblab chiqishdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri yozmoqda.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar neftning o‘rtacha yillik narxi bir barrel uchun 30 dollarga tushsa, Rossiya byudjeti 2,5 trillion rubl yo‘qotadi. Agar narx bir barrel uchun 20 dollarga tushsa, zarar 3 trillion rublni, neft 10 dollarga tushganda - 4,7 trillion rublni tashkil etadi.
Shu bilan birga, neftning o‘rtacha yillik narxining barrel uchun 1 dollarga tushishi 2 trillion rubl miqdorida zararga olib keladi, deya taxmin qilinadi tadqiqotda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holda yo‘qotishlar rublning devalvatsiyasi bilan qisman qoplanadi.
“Ta’kidlanishicha, RIU mutaxassislari Rossiya neftining narxi bir barrel uchun deyarli 0 dollargacha pasayishini istisno etmaydi, ammo o‘rtacha yillik narxning 30 dollardan pastga tushishi dargumon bo‘lib qolmoqda”, deb yozadi nashr.
LiveBarchasi