“Neftchi” derbida so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Sport

image

Kecha, 28 iyul kuni O‘zbekiston Superligasining 14-turida muxlislar vodiy derbisi guvohi bo‘ldi. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Neftchi” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakun topdi.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq mehmonlar safidagi Muhammadali Usmonov hisobni ochib, “Navbahor”ni oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun bosimni oshirdi. Qarama-qarshi hujumlar va qiziqarli kechgan bahsda so‘ngi daqiqalargacha shu hisob saqlanib turdi, biroq o‘yinga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada Anvar G‘ofurov muhim golni urib, “Neftchi”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa, bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda “Xorazm” o‘z maydonida “Surxon”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa “Qizilqum” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 35 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Toshkentning “Paxtakor” klubi esa 33 ochko jamg‘argan holda 2-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing