Nazarboyevning taxtda yastanib o‘tirgan haykali ham muzeydan olib tashlandi
Olam
−
01 fevral
12282Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning haykali Qozog‘iston Milliy muzeyi atriumidan olib tashlandi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
"Ushbu eksponat muzey mulki hisoblanadi va zal konsepsiyasidagi o‘zgarishlar tufayli kolleksiyada saqlanadi", deydi Milliy muzey vakili KazTAG nashriga.
Qayd etilishicha, muzeyning 10 yilligini nishonlash arafasida Madaniyat vaziri topshirig‘iga ko‘ra mahalliy va xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda muzeyni obodonlashtirish ishlari boshlangan.
“Jahon muzey amaliyotiga ko‘ra, har bir muzey o‘z ko‘rgazma zallarining konseptual mazmuni va badiiy-stilistik dizaynini vaqti-vaqti bilan yangilab turishi shart. Ushbu amaliyotni qo‘llagan Milliy muzey atriumni o‘zgartirishni boshladi, uning asosiy vazifasi tashrif buyuruvchilarning ko‘proq chipta sotib olishlari, ekskursiyalarga buyurtma berishlari, suvenirlar xarid qilishi hamda dam olish maskanining funksionalligini ta’minlashdir ”, deyiladi xabarda.
Muzeyga ekskursiyalar aynan Nursulton Nazarboyev haykali olib tashlangan qismidan boshlanadi. Bu yerda Milliy muzey, uning fond kolleksiyalari va ko‘rgazma zallari haqida ma’lumotlar beriladi.
LiveBarchasi