Nazarboyevning portreti metro bekatidan ham olib tashlandi

Olam

image

"Olmali" metro bekatidan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning vitraj panellaridan birini qoplagan surati olib tashlandi.  Bu haqda “Tengrinews” nashri xabar qildi.

Olmaota metrosi matbuot xizmati ushbu vaziyatga izoh bergan. Unda vaqt oralig‘ida oynalar singani va rasmga zarar yetgani tufayli portret demontaj qilinishi aytilgan.

Nazarboyevning surati 2011 yil 1 dekabridan buyon metroga kiraverishda yo‘lovchilarni kutib olar edi. U rassomlar G‘aziz Yeshkenov va Aydar Jamxan tomonidan chizilib, "Olmali" vitraj paneli tepasiga o‘rnatilgan. 

Rangli shisha panelda gullagan olma daraxti va unga qarab turgan sobiq prezident tasvirlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostonada Nazarboyevning haykali olib tashlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing