Nazarboyevning oilasi Londondagi “Sherlok Xolms uyi”ga egalik qilishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Artur Konan Doyl asarlari qahramoni – tergovchi Sherlok Xolms yashagan Londonning Baker Street ko‘chasidagi uy Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyevaga tegishli bo‘lib chiqdi. The Times gazetasi yozmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva Baker Street’dagi 221b uyining 90 foiziga egalik qiladi, qolgan 10 foizi uning o‘g‘li Nurali Aliyevga tegishli.

The Times’ga ko‘ra, Nazarboyevlar oilasi umumiy hisobda Baker Street’dagi 215-dan 237-gacha bo‘lgan uylarga yerlari bilan birga egalik qiladi.

Bu uylar rasman 140 million funt sterlingga sotib olingan bo‘lib, hujjatlar “Baker Street Limited” kompaniyasi nomiga rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Darig‘a Nazarboyeva Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi. 2019 yilning mart oyigacha senator bo‘lgan Darig‘a Nazarboyeva Nursulton Nazarboyev lavozimini tark etgach, Senat raisi bo‘ldi. U joriy yilning may oyida esa lavozimini tark etdi. Hozirgacha uning siyosatdan ketishi sabablari ma’lum emas. 

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

304

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing