Nazarboyevning kelini 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ostona sudi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Sotibaldini odam o‘g‘irlashda aybdor deb topdi. U yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi. 

Aytilishicha, Gulmira Sotibaldi bir guruh shaxslar tomonidan zo‘ravonlik qo‘llash yoki uni qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sodir etishni tashkil etish va odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilgan.

Ish bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar – Satibaldining haydovchisi Madi Botirshayev va odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilgan Rashid O‘tebekovlar mos ravishda yetti va besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Qozog‘iston Prezidentiga Satibaldini davlat mukofoti – “Kurmet” ordenidan mahrum qilish taklifi taqdim etildi. Bu orden iqtisodiyot, ijtimoiy soha, fan va madaniyat, ta’lim va boshqa sohalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun beriladi.

Ma’lumot uchun, Gulmira Satibaldi Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldining sobiq rafiqasi. U “Forbes Kazakhistan” jurnalining mamlakatdagi eng nufuzli biznesmenlari ro‘yxatiga kiritilgan. O‘tgan yilning sentyabr oyida u o‘z vakolatini suiiste’mol qilganlik va “Kazaktelekom” mablag‘larini o‘g‘irlaganlikda ayblanib, o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Nursulton Nazarboev Gulmira Sotibaldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing