Nazarboyevga yodgorlik o‘rnatish taklif qilindi. Elboshi taklifga munosabatini bildirdi
Olam
−
28 may 2021
8307Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Respublikada unga yodgorlik o‘rnatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda uning Matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qilgan.
Yodgorlikni o‘rnatish g‘oyasi Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari Bilol Chakiji tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u Nazarboyev “shaharni qayta tiklashning tashabbuskori bo‘lganini” ta’kidlagan edi.
“Elboshi ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi. Yodgorliklar o‘rnatish, me’moriy ob’ektlarning nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bunday “sovg‘alar” unga mutlaqo yoqmaydi, ayniqsa, ushbu “sovg‘alar” mahalliy rasmiylar tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lsa”, degan Aydos Ukibay.
Bundan tashqari, Matbuot kotibining aytishicha, Nazarboyev bunday e’tibor belgilariga muhtoj emasligini ko‘p marta ta’kidlagan.
“Tarixda u o‘z nomini faqatgina universitet va intellektual maktablarga berishga rozi bo‘lgan”, deya qo‘shimcha qilgan Ukibay.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat Xalq assambleyasi raisi lavozimidan ketib, o‘z vakolatlarini Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga topshirgandi.
LiveBarchasi