Nazarboyevga nazar tegmasin. Elboshiga BMT tomonidan “chempion” maqomi berildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga "Yadro sinovlaridan xoli dunyo uchun chempion" maqomini berdi. 

Bu haqda 29 avgust – Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilgan BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Ushbu maqom Nazarboyevga Qozog‘istonning rahbarligi davrida yadrosiz dunyoni barpo etish bo‘yicha global sa’y-harakatlarga qo‘shgan alohida tarixiy hissasi uchun berilgan. 

1991 yil 29 avgustda dunyoning eng yiriklaridan biri bo‘lgan Semasy (Rossiya)ning Semipalatinsk yadro poligonini yopish to‘g‘risidagi misli ko‘rilmagan qarori nafaqat insoniyat tarixidagi yadro sinovlariga qonuniy taqiq sifatida tan olindi, balki Xalqaro kunni tashkil etish uchun muhim asos bo‘ldi. 

Bundan oldin BMT tomonidan xuddi shunday maqom Finlyandiyaning  sobiq prezidenti Tarya Xalonenga berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev BMT

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing