Nazarboyevadan bo‘shagan o‘ringa To‘qayev yaqinidagi odamni qo‘ydi
Olam
−
04 may 2020
8638Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Maulen Ashimbayevni mamlakat parlamenti Senati a’zosi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonnii imzoladi. Mamlakat Markaziy komissiyasi o‘z qarori bilan buni tasdiqladi.
Maulen Ashimbayev bugungacha Prezident administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan. U Senat raisi bo‘lishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi. U 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.
LiveBarchasi