Nazarboyev va Karimov nimani bo‘lisha olmagan? AQSHning sobiq elchisi Birinchi Prezidentlar aloqalarini xotirladi
Bu qiziq
−
24 iyun
501622011-2014 yillarda AQSHning O‘zbekistondagi, 2015-2018 yillarda esa Qozog‘istondagi elchisi lavozimida ishlagan Jorj Krol o‘z xotiralarida Markaziy Osiyoning ikki yalovbardori Qozog‘iston va O‘zbekistonning sobiq rahbarlari o‘rtasidagi keskinlik haqida bayon qildi.
Krol bu boradagi kelishmovchiliklarni ayrim uchrashuvlar va ularda yangragan qochiriqlar orqali tasvirlashga harakat qiladi. Shulardan biri, o‘sha paytdagi AQSH Davlat kotibi Hillari Klinton bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘rtasidagi uchrashuv suhbatidir.
“Davlat kotibi Klinton bilan esda qolarli bir uchrashuvda u Karimovdan Markaziy Osiyo mintaqasi yetakchisi bo‘lish uchun o‘z ta’siridan foydalanishni o‘ylab ko‘rishni so‘raganini eslayman. Karimov odatiga ko‘ra billur stakanda bir dasta qalam bilan o‘ynab, tabassum qildi va Davlat kotibiga shunday taklif bilan xushomad qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. So‘ngra “Ular o‘zlarining xudbinliklari tufayli mening aytganlarimga hech qachon quloq solmaydi. Bundan tashqari, mening ustuvorligim – O‘zbekiston, boshqa davlat emas", dedi. Keyin u Cherchilga tegishli sevimli iboralaridan birini ishlatib, "Xalqlarning do‘stlari yo‘q, faqat manfaatlari bor", dedi.
Kotibga qarab, so‘ng menga yonboshlab qarab, u chinakam Karimovcha uslubda o‘z maslahatini berdi: “Agar kimdir Markaziy Osiyoga rahbar bo‘lishini istasangiz, buni do‘stingiz Nazarboyevdan so‘rang. U o‘zgalar uni lider deb atashini juda YAXSHI KO‘RADI”, deb yozadi sobiq elchi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, Karimov Nazarboyevdan doimiy nafratlanib kelgan. O‘rtadagi dushmanlikning asosiy sababi esa “yashirin raqobat” bo‘lgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchisi qozog‘istonlik mavqedoshining mamlakatdagi tabiiy boyliklarni dunyo e’tiborini tortish va yuzaki joziba yaratish yo‘lida ko‘kka sovurayotganini doimiy tanqid ostiga olib kelgan. Bundan tashqari, Jorj Krol Karimov Nazarboyevdan aqlliroq va undan ancha zukko ekanligini ich-ichidan his qilganini yozadi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, dunyo uni Nazarboyev bilan “almashtirgani” Karimov uchun hazm qilib bo‘lmas voqelik edi.
Sobiq elchining yozishicha, Nazarboyev ham Karimovni jiddiy tarzda tanqid qilgan.
“Xususan, u o‘zining nazdida Islom Karimovdan ko‘p masalalarda bir pog‘ona ustunligini da’vo qilgan. Elchiga ko‘ra, Nazarboyev o‘zini Gorbachyov kabi sovet siyosiy arboblariga yaqin ekanini da’vo qilgan, Karimov esa yo‘q. Nazarboyev chet el rahbarlari bilan qanday muomala qilishni bilardi, Karimov esa yo‘q. Nazarboyev odamlar orasida o‘zini qulay his qiladi, xalq bilan qo‘l berib ko‘rishadi va hazillashdi, Karimov esa yo‘q”, deydi Klark.
Qisqa qilib aytganda, sirtdan unchalik bilinmagan bo‘lsa-da, Nazarboyev va Karimov bilan juda yaqin aloqada bo‘lgan sobiq elchi Klark, bu ikki fenomen o‘rtasidagi juda sovuq munosabatlarni shu kabi kichik to‘qnashuvlar va qochiriqlar orqali o‘z xotiralarida ochib berishga harakat qilgan.
LiveBarchasi