Nazarboyev shohona kutubxonasidan ham ayrildi
Olam
−
24 Oktabr 2023 12517 2 daqiqa
Ostonada Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti kutubxonasi, Nursulton Nazarboyevning ish qarorgohi negizida prezidentlik markazi tashkil etildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar berdi.
Yangi tuzilma “mustaqil Qozog‘iston rahbarlarining tarixiy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish” bilan shug‘ullanadi. Unga Nazarboyevning shaxsiy arxivi va shaxsiy kutubxonasi materiallari, shuningdek, ilgari birinchi prezident kutubxonasida saqlanayotgan muzey eksponatlari topshirilgan. Vaqt o‘tishi bilan amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning “tarixiy va madaniy qadriyatga ega” shaxsiy hujjatlari va buyumlari yangi markazga o‘tkaziladi. Kelgusida ular bu yerda Qozog‘istonning keyingi prezidentlaridan tegishli materiallarni to‘plashmoqchi.
“Shu bilan birga, markaz faoliyati faqat muzey va kutubxona funksiyalari bilan cheklanib qolmaydi. Bu Qozog‘iston jamiyatini tashvishga solayotgan eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yetakchi ekspert maydoniga aylanishi ko‘zda tutilgan”, deya ta’kidladi prezident ma’muriyati.
Yangi markaz hamma uchun ochiq va kirish bepul bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyev 2019 yil bahorida iste’foga chiqishini e’lon qilganidan so‘ng Oq O‘rda qarorgohidan Kutubxona binosiga ko‘chib o‘tgan edi. U yerda birinchi prezident devoni ham faoliyat yuritgan.
2022 yil yanvardagi tartibsizliklardan keyin Nursulton Nazarboyev mamlakatning ichki va tashqi siyosatidagi ishtirokini deyarli to‘xtatdi.
2023 yil boshida Nazarboyev kafolat va imtiyozlardan, shuningdek, barcha faxriy maqomlardan, jumladan, Elbasi (millat yetakchisi) maqomlaridan ham mahrum etildi. Uning bir qator oila a’zolari va unga yaqin kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi, boshqalari davlat lavozimidan ayrildi.
2019 yilda Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb atalgan mamlakat poytaxti avvalgi nomi – Ostonaga qaytdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025