Nazarboyev nega Turkiston ittifoqini tuzishga intilmaganiga izoh berdi

Olam

image
Nazarboyev hokimiyatdan ag‘darilgan Akayev va Bakiyevni Qirg‘izistondan qanday olib ketganini aytib berdi north_east

Nazarboyev hokimiyatdan ag‘darilgan Akayev va Bakiyevni Qirg‘izistondan qanday olib ketganini aytib berdi

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev “Portretga chizgilar” hujjatli filmiga bergan intervyusida nega Turkiston davlatlari ittifoqini tuzishga harakat qilmaganini aytib o‘tdi.

Nazarboyevning ta’kidlashicha, 1991 yilda asosiy vazifa qo‘lga kiritilgan mustaqillikni saqlab qolish bo‘lgan. Ashxabodda Nazarboyevga Turkiston davlatlari ittifoqini tuzish taklif qilingan.

“Men bu g‘oyani rad qildim. Bu etnik bo‘linishni anglatardi. Bu ishlar bo‘lmasligini aytdim. Shuncha yil birga yashadik, agar bunday ittifoq qilsak, to‘qnashuv va tushunmovchiliklar muqarrar edi”, degan Nazarboyev.

Uning ta’kidlashicha, voqealar rivojini Rossiyaning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Boris Yelsin kuzatib borgan. Oradan o‘n kun o‘tib, Olma-otada Nazarboyev va Yelsin uchrashgan. Shu tariqa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ilk qadamlar qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

1795

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing