Nazarboyev Qozog‘iston nega Qrim Rossiyaga o‘tganini tan olmaganini aytdi

Olam

image

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev nima uchun respublika 2014 yilda Qrimni Rossiya hududi deb tan olmaganini aytdi. Bunga boshqa hududiy mojarolar sabab bo‘lgan. Bu haqda Elboshi amerikalik rejissyor Oliver Stounning “Qozoq. Oltin odam tarixi” nomli filmiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“[Qrimda Rossiya bilan birlashish bo‘yicha] referendum o‘tkazildi.Biz Qrimni Rossiya hududi deb tan olmadik, chunki o‘shanda men Janubiy Osetiya, Abxaziya, Kosovoni ham tan olishim kerak edi, Kosovo ham bizdan ularni tan olishimizni so‘rardi”, degan Nazarboyev.

Shu bilan birga, Nazarboyev Qozog‘iston Ukraina tomonini ham qo‘llab-quvvatlamaganini eslatgan. 

“Bularning barchasi Kiyevda yuz bergan davlat to‘ntarishi tufayli yuzaga keldi. Men Ukrainani yaxshi ko‘raman, u yerda o‘qiganman va nima bo‘layotganidan xavotirdaman”, deydi Elboshi.

Avvalroq Nursulton Nazarboyev “Qozoq. Oltin odam tarixi” nomli film uchun bergan intervyusida Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan. Moskva tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu qarorni ovoz berishda ishtirok etgan yarimorol aholisining 96 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Ukraina va G‘arb davlatlarining aksariyati referendum natijalarini tan olmagan va Qrimning anneksiyasini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

949

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing