Nazarboyev himoyasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mas’uliyatidan olib tashlanishi mumkin

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning xavfsizligi mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mas’uliyatidan olib tashlanishi mumkin. Bu haqda “KazTAG” xabar berdi.

“Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilova qilinayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar tasdiqlansin”, deyiladi amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning farmoni loyihasida.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga funksiyalarini takomillashtirish, maxsus davlat organi xodimining qasamyodi matniga va uni qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti xavfsizligini Milliy xavfsizlik qo‘mitasining mas’uliyatidan olib tashlash rejalashtirilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasining 2023 yil 13 fevraldagi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunini o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni bilan Qozog‘iston 2000 yil 28 iyuldagi "Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi to‘g‘risida" gi qonuni kuchini yo‘qotdi.

Shuningdek, mamlakatda Nazarboyev boshchiligidagi Milliy farovonlik jamg‘armasi “Samruk-Kazina” boshqaruv kengashi tugatilishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda joriy yilning 17 iyulida imzolangan “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi nizomning yangi tahriri qabul qilingandi. Unga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘zining himoya imtiyozini saqlab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Milliy xavfsizlik qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing