Nazarboyev ham Mirziyoyevni tabriklash uchun sim qoqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  bugun, 24 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Prezident Mirziyoyevni tavallud kuni bilan dildan qutlab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib, O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashilgan. Shu yilning 20-21 iyul kunlari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining yakunlariga yuksak baho berilgan. 

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning Qozog‘istonda “qonli yanvar” voqealari ro‘y berganidan buyon ikkinchi marta Nursulton Nazarboyev bilan muloqot qilmoqda. Bundan avval Mirziyoyev va Nazarboyev o‘rtasida telefon muloqoti joriy yilning 6 iyul kuni, Nursulton Nazarboyevning 82 yoshni qarshilashi munosabat bilan bo‘lib o‘tgan edi. 

Mirziyoyev va Nazarboyev o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuv 2021 yilning 5-6 dekabr kunlari Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing