Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati DSB boshliqlari o‘zgardi

Jamiyat

image

Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yunusjon Zohidovich Nasimjonov Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Yunusjon Nasimjonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shukurulloxon Xolmatxonovich Nisbatxonov Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi. Shukurulloxon Nisbatxonov 1969 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, yangi lavozimiga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ravshan Isakdjanovich Raimov Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ravshan Raimov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi tayinlangan boshlig‘i bundan avval Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov DSQ

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing