Qahramon Quronboyev yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining sobiq raisi Qahramon Quronboyev Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy soha bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Qahramon Quronboyev 1992 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U 1997-2008 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2009-2012 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori bo‘lgan. 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2013-2015 yillarda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidentining tashkiliy masalalar va kadrlar bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari ham bo‘lgan.

U 2024 yilning yanvar oyidan buyon O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimida ishlab ketayotgan edi. Joriy yilning 5 sentyabr kuni esa Quronboyevning O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisligidan ozod etilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga esa uyushma raisligiga G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing