Nazarbekov Turkiyada. U Jaloliddin Manguberdi ijodkorlari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Turkiyada Jaloliddin Manguberdi seriali suratga olinmoqda. Ushbu serialning g‘oyasidan tortib, to suratga olinish ishlariga O‘zbekiston tarafidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchilik qilmoqda. Nazarbekov kecha, 7 sentyabr kuni Turkiyaga jo‘nab ketdi. U Istanbul shahrida serial ijodkorlari, xususan prodyuser Mehmet Bo‘zdog‘ bilan uchrashdi. 

Nazarbekov muloqot chog‘ida o‘zbek xalqi ushbu serialni intiqlik bilan kutayotganini va bu serialdan o‘zbek xalqining ham umidi katta ekanini ta’kidlagan.

“Asosiysi, ushbu filmni turkiy xalqlari tarixidan so‘zlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafaqat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarur. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qo‘ymasligimiz kerak”, degan Nazarbekov

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Mendirman Jaloliddin” seriali “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida suratga olinmoqda va hozirgi paytga kelib serialning dastlabki qismlari tasvirga olinib, montaj ishlari nihoyasiga yetkazilyapti. 

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, ushbu serialga 7 million AQSH dollari mablag‘ sarflanmoqda. 

Unda Jaloliddin Manguberdi obrazini turkiyalik aktyor gavdalantirmoqda. Serialda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Tohir Saidov, Saida Rametova, Ra’no Shodiyeva, aktyorlar Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Akbarxo‘ja Rasulov, Akmal Mirzo, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova rol ijro etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil fevral oyida Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida Anqara shahrida Xalq kutubxonasi ochilgan edi. Ushbu marosimda serial ijodkorlari ham ishtirok etib, ikki mamlakat rahbarlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mehmet Bo'zdog' Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

419

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing