“Nazarbek” sanatoriysi va Milliy bank xodimi koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
25 iyun 2020
8510Kecha, 24 iyun kuni Toshkent va Samarqand viloyatlarida aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan. Bemorlar orasida bank, sanatoriy xodimlari ham bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, quyidagilarda koronavirus aniqlangan:
• Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi N.A. (Yunusoboddagi “Malika” savdo majmuasiga borgan);
• Respublika Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Samarqand viloyati filiali xodimi Z.A.;
• "Nazarbek" sanatoriysi xodimi X.A. (30 maydan 13 iyungacha karantinda bo‘lgan);
• Zangiota tumanida yashovchi M.D., Qibray tumanida yashovchi S.I.;
• Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi R.A. va uning 4 nafar qarindoshi, 2 nafar qo‘shnisi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, bugun Jizzaxda ham ikki holatda aholi orasida kasallik qayd etildi. Ma’lumki, ushbu viloyatda 3 ta holatda kasallanish aniqlanib, ularning eng so‘nggisi 27 aprel kuni sog‘ayib, koronavirusdan xoli xududga aylangan edi.
LiveBarchasi