Navro‘z tadbirida gaz balloni portlashi oqibatida 40 ga yaqin kishi jarohatlandi
3-sahifa
−
19 mart
49458Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tadbirida gaz ballon portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bizga ma’lum qilishicha, kecha, 18 mart kuni soat 12:00 larda Ko‘kdala tumani “To‘qmor” MFYda o‘tkazilayotgan tadbirda fuqaro Sh.B. 20 litr sig‘imidagi gaz ballonga o‘rnatilgan "gaz plitkasi"da baliq mahsulotlarini pishirib sotayotgan vaqtida, gaz ballon portlab ketgan.
Oqibatda yaqin atrofda bo‘lgan jami 37 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 13 nafar fuqaroda tan jarohati aniqlanmagani sababli uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada gaz portlashi oqibatida 3 nafar Hindiston fuqarosi jarohatlangandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr