Navoiydagi gaz taqsimlash stansiyasi davlatning 14,1 mlrd so‘mini yeb yubordi
Jamiyat
−
03 aprel 2023
5076Navoiy viloyatidagi gaz taqsimlash stansiyasi davlatga 14,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida Navoiy viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani “Malikobod” mahallasi hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Xo‘ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik sub’ektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz yetkazib berilgan.
“Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi