Navoiyda yer qimirladi
Jamiyat
−
02 yanvar
3929Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida bugun, 2 yanvar kuni soat 09:17 da yer qimirlagan. Zilzila koordinatalari: 42,12 gradus shimoliy kenglik; 64,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 401 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali zilzila bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi